
- 10
- 18.10.2024 21:31:00
- 1 daq o'qish
Joze Mourinyo “Fenerbaxche” klubi tarkibini kuchaytirish uchun “Barselona” futbolchisi Ansu Fatini sotib olishni xohlamoqda. Kelishuv qishki transfer oynasida yakunlanishi mumkin.
Ansu Fati “Barselona”ning uchta o‘yinida qatnashib, jami 51 daqiqaga yaqin vaqtini maydonda o‘tkazdi. Hech qanday samarali natija qayd etmagan 21 yoshli futbolchini Transfermarkt 15 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi Angliyaning “Brayton” jamoasida ijara asosida o‘ynagandi.