
- 6
- 04.01.2025 17:07:00
- 1 daq o'qish
🏍 Kecha, 3-yanvar kuni Toshkentda motobloger mototsiklda 300 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. U BMW S1000RR rusumli mototsiklda tezlikni 310 km/soatgacha, Yamaha R1 rusumli mototsiklda esa 299 km/soatgacha olib chiqqan. Bundan tashqari, qoidabuzarning Instagram sahifasida u avval ham tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar sodir etgani aks etgan videolarni ham ko‘rish mumkin. O‘zini “O‘zbekistondagi birinchi motobloger” deb biluvchi shaxs 310 km/soat tezlikda harakatlangani aks etgan videosini avgust oylarida olganini aytgan va YHXBda bu holat “boshqa qaytarilmasligi”ga va’da berib, “Tarixda birinchi marta YPX xodimi 310 tezlikka protokol tuzyapti. Endi savol-da, 310 tezlikka “shtraf” nech pul bo‘ladi? Kim nima deb o‘ylaydi?” – deya kulib, Instagram'ga storis joylagan.
“O‘zbekistondagi birinchi motobloger”ga 3,37 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.