
- 5
- 21.02.2025 09:07:00
- 1 daq o'qish
Samarqandning Narpay tumanida qaynona kelin bo‘lib tushganiga 1 oy bo‘lgan kelinini vahshiylarcha o‘ldirdi. Aniqlanishicha, 48 yoshli qaynona ikki nafar farzandini yoshligida bolalar uyiga tashlab ketgan. So‘ngra o‘g‘li uylangandan so‘ng u qaytib kelib, o‘g‘li bilan yashay boshlagan. Biroq qaynona va kelin o‘rtasida doimiy oilaviy tortishuvlar bo‘lgan. O‘g‘li uyda yo‘qligidan foydalanib, qaynona kelin bilan janjallashgan va kelinni vahshiylarcha o‘ldirgan. U Telefon apparatining quvvatlagich simi bilan kelinining bo‘ynidan bo‘g‘ib, shu yerda turgan shisha suv bakal bilan boshiga urgan. Qaychini bo‘yin sohasiga 1 marotaba sanchgan. Shuningdek, oshxona pichog‘i bilan kelining ko‘krak qafasiga 2 marta zarba bergan. Kelin olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Qaynona esa qochib ketgan.
Qotil qaynona qo‘lga olinib, unga nisbatan 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.