Ruxsatisiz shirinlik yegan farzandning qo'lini yoqqan ona

Ruxsatisiz shirinlik yegan farzandning qo'lini yoqqan ona
  • 4
  • 12.02.2025 10:32:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ona uydagi shirinlikni ruxsatsiz yegan bolasining qo‘lini kuydirgani haqida xabarlar tarqaldi. Aniqlanishicha, holat 2024-yil 30-oktabr kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, ayol 8 yoshli o‘g‘li uydagi shirinliklarni ruxsatsiz yegani sababli barmoqlari orasi va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib yoqqan. Oqibatda bolaning tanasida 1 va 2-darajadagi kuyish yuzaga kelib, u yengil tan jarohati olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayol yashiringani tufayli unga qidiruv e’lon qilingan. Joriy yilning 7-fevral kuni ayol protsessual tartibda ushlanib, unga tegishli sud ajrimi asosida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Sudda ayblov o‘z isbotini topsa, gumonlanuvchi 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini olishi mumkin.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News