
- 0
- 25.04.2025 12:13:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ona uydagi shirinlikni ruxsatsiz yegan bolasining qo‘lini kuydirgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol hibsga olingani haqida xabar bergandik.
Sud hukmiga ko‘ra, ayolga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda o‘tash belgilangan.
❗️Eslatib o‘tamiz, holat 2024-yil 30-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Ayol 8 yoshli o‘g‘li uydagi shirinliklarni ruxsatsiz yegani sababli bolaning barmoqlari orasiga va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib yoqqan. Oqibatda bolaning tanasida 1 va 2-darajadagi kuyish yuzaga kelib, u yengil tan jarohati olgan.