Yevropada chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar ko‘paymoqda

Yevropada chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar ko‘paymoqda
  • 0
  • 25.08.2025 09:21:00
  • 1 daq o'qish

Yevropa sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda qit’ada chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar rekord darajaga yetmoqda. Shu vaqtgacha chikungunya virusi bilan bog‘liq 27 ta, G‘arbiy Nil virusi bilan bog‘liq 335 ta holat qayd etilgan.
Yevropa kasalliklarni profilaktika va nazorat qilish markazi (ECDC) ogohlantirishicha, yaqin haftalarda kasallik yuqtirish holatlari yanada ko‘payishi mumkin. Chikungunya virusi tashuvchiAedes albopictus chivinlari esa hozirda Yevropaning 16 mamlakatida aniqlangan.

Mutaxassislar buni iqlim o‘zgarishi bilan izohlamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News