
- 22
- 08.03.2023 15:06:00
- 1 daq o'qish
🥩Kerakli mahsulotlar
Mol go‘shti 500 gr
Qo‘y yog‘i yoki saryog‘ 100 gr
1 stakan mosh
2 ta piyoz
1 ta sabzi
2 ta pomidor
1 ta kartoshka
Tuz
Qatiq va rayhon
🧑🏻🍳 Tayyorlanishi
– Qo‘y yog‘i kichik bo‘laklarda to‘g‘raladi, qozonga solinadi;
– Ingichka to‘g‘ralgan piyoz va kub shaklidan to‘g‘ralgan sabzi solib qovuriladi;
– Qiymalangan go‘sht so‘ngra kartoshka va pomidor qo‘shiladi;
– Hamma mahsulotlar qovuriladi va suv quyiladi;
– Boshqa qozonga suv va mosh solinib, moshlarning o‘rtasi yorilguncha qaynatiladi;
– Go‘shti bor qozonimiz qaynagandan so‘ng guruch solinadi, guruch pishishiga yaqin mosh bilan tuz qo‘shiladi;
– Ustiga esa qatiq va rayhon ham qo‘shing.
Yoqimli ishtaha 🤤