Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan’ning jamiyatga qanday manfaatlari bor?

Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan’ning jamiyatga qanday manfaatlari bor?
  • 0
  • 07.08.2025 14:13:00
  • 1 daq o'qish

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi so‘nggi kunlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan Sea Breeze Uzbekistan loyihasidan jamiyatga qanday manfaatlar borligini sanab berdi.

–  Loyiha uchun kuchli investor kerak edi. Agalarov Development kompaniyasi qator muhim yechimlar va loyihani davlat nazorati ostida bosqichma-bosqich amalga oshirishni taklif qilgan.
–  Bitta developer – bu yagona arxitektura, yirik kanalizatsiya tizimi, avtomobil yo‘llari, ko‘kalamzorlashtirish tizimlari va mas’uliyat degani. Agar yer bir nechta quruvchilarga bo‘lib berilsa – ziddiyat, tartibsizlik bo‘ladi.
–  Loyiha to‘liq xususiy mablag‘lar asosida amalga oshiriladi. Davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmaydi. Barcha moliyaviy xatarlar investor zimmasida.
–  Davlat loyihaning barcha bosqichlarida qattiq nazoratni saqlab qoladi.

Jamiyat qanday manfaat ko‘radi?
•  Minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
•  Ta’lim va tibbiyot muassasalari va yo‘llar barpo etiladi;
•  Turistlar va valyuta oqimi sezilarli oshadi;
•  Byudjet va soliq tushumlari oshadi;
•  Ekologiya, ko‘kalamzorlashtirish va ko‘pdan beri kutilgan Chorvoq hududi uchun zarur suv-oqova tizimi quriladi.

Avvalroq, ushbu loyiha jamoatchilikda ekologiyaga zarar yetkazishi, fuqarolarning manfaatlariga zid bo‘lishi yoki byudjet uchun yuk bo‘lishi ehtimollari sabab xavotirni keltirib chiqarib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News