643 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati fosh etildi

643 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati fosh etildi
  • 0
  • 03.06.2026 13:04:00
  • 1 daq o'qish

Bosh prokuratura huzuridagi departament Soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” va bir nechta xususiy korxonalar mansabdorlariga aloqador yirik talon-torojlik holatini aniqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mas’ullar o‘zaro til biriktirib, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish loyihasi doirasida QQSdan ozod etilgan xizmatlar uchun elektron hisob-fakturalarga noqonuniy ravishda QQS summalarini kiritgan.

Natijada byudjetdan 643,2 mlrd so‘m mablag‘ asossiz ravishda qaytarilib, davlatga yirik miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish haqidagi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News