Prezident saylovida 376 mingdan ortiq kishi muddatidan oldin ovoz berdi

Prezident saylovida 376 mingdan ortiq kishi muddatidan oldin ovoz berdi
  • 5
  • 04.07.2023 07:24:00
  • 1 daq o'qish

Markaziy saylov komissiyasi muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi axborotni e’lon qildi.

MSK ma’lumotiga ko‘ra, 1 iyul holatida jami 376 623 nafar saylovchilar mamlakatda va xorijda muddatidan oldin ovoz berish huquqlaridan foydalanadi.

Shundan mamlakat hududida 275 592 nafar va xorijda 101 031 nafar saylovchi ovoz berdi.

Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni joriy yil 5 iyulga qadar davom etadi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News