
- 0
- 18.08.2025 08:14:00
- 1 daq o'qish
Indoneziyaning Sragen shahrida prezident Prabovo Subianto tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bepul maktab tushligi dasturidan 360 dan ortiq kishi zaharlandi. Bu dastur boshlanganidan buyon eng yirik holat. Taom markaziy oshxonada tayyorlanib, bir nechta maktablarga tarqatilgan. Sariq guruch, tuxumli omlet, qovurilgan tempe va mevalar sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Oshxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Hukumat zarur bo‘lsa, davolanish xarajatlarini qoplashini bildirgan. Shu kunga qadar mamlakat bo‘ylab 1 mingdan ortiq kishi ushbu dasturdagi ovqatdan zaharlangan.