
- 5
- 10.07.2023 12:52:00
- 1 daq o'qish
Atlantika okeanida Senegallik qochqinlar bo’lgan uchta qayiq g’oyib bo’ldi. Ispaniyaning Kanar orollariga yo’l olgan kemalarda 300 dan ortiq odam bo’lgan. Ularning barchasi bedarak yo’qolganlar ro’yxatiga kiritildi.
“Walking Borders” muhojirlarga yordam berish guruhi vakilining so’zlariga ko’ra, birida 65 kishi, ikkinchisida 50-60 kishi bo’lgan ikki qayiq Senegalni tark etganidan ikki hafta o’tib aloqani to’xtatgan. 200 nafar muhojir bilan uchinchi qayiq 27-iyun kuni mamlakatni tark etgan.
Afrika davlatlaridan kelgan noqonuniy shaxslar doimiy ravishda Ispaniya chegaralarini kesib o’tib, mamlakatga kirishga harakat qiladi.
Ispaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, joriy yilning yanvar-may oylarida qirollikka 8,5 mingdan ortiq muhojir kirib kelgan, ularning yarmi Kanar orollariga kelgan, deb yozadi Reuters.
Manba: UzReport.uz