
- 4
- 22.11.2024 15:59:00
- 1 daq o'qish
20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida bosh vazir Abdulla Aripov 2025-yilda 200 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ish bilan ta’minlash rejalashtirilganini ma’lum qildi. Abdulla Aripovga ko‘ra, prezident hukumatga mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar qo‘ygan. “2025-yilning o‘zida Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Isroil, Kanada, Polsha, Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA va shu kabi boshqa iqtisodiy rivojlangan 21 davlatda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda”, — degan Aripov.
Shuningdek, bosh vazir xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni kasbiy mahorat va xorijiy tillarga o‘qitish uchun barcha sharoitlar yaratilishini aytgan.