
- 9
- 25.12.2024 17:17:00
- 1 daq o'qish
Prezident huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda kelgusi yildan sog‘liqni saqlash sohasiga 41 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Davlat rahbari bu sohadagi asosiy vazifa – tibbiyot sifatini chekka va og‘ir tumanlarda ham oshirish ekanligi haqida ta’kidladi.
2025-yildan tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari oshirilib, oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligiga doir ustama to‘lash tartibi joriy qilinadi. Bundan tashqari “Markazlashgan laboratoriya” xizmatlari kengaytiriladi va yana 35ta yo‘nalishdagi 400 ta milliy klinik protokollar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham e‘tibor qaratilib, tibbiy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish kerakligi ta’kidlandi.