- 1
- 10.06.2025 08:05:00
- 1 daq o'qish
“Lazzat Dunyosi”dan salqinlatuvchi “Moxito” retseptini kutib oling. 😍
🍎Masalliqlar:
🍋1 dona limon;
🥭1 dona laym;
🍊1 dona apelsin;
🧃1 litr sprite;
🧊Muz bo‘lakchalari;
🥬1 bog‘ yalpiz;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Ishimizni mevalarni to‘g‘rab olishdan boshlaymiz.
Alohida idishga meva va yalpiz solib, ezib olamiz.
- To‘g‘rab olingan mevalarni grafinga solib, yarimta limon, laym va apelsinni suvini siqib olamiz.
- Ustidan muz bo‘laklari va sprite solib aralashtiramiz.
- Siz uyingizda bor mevalardan foydalansangiz ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha😋