
- 0
- 24.09.2025 10:04:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi umumiy siyosiy munozaralarida nutq so‘zladi. U global inqirozlar fonida BMTning asosiy platforma sifatidagi rolini mustahkamlash zarurligini qayd etdi hamda Xavfsizlik Kengashini kengaytirish va transformatsiya qilishga chaqirdi.
Mirziyoyev Markaziy Osiyoda savdo, investitsiya va transport hajmining keskin oshganini ta’kidlab, “Yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlanganini” aytdi. U mintaqada “yashil” texnologiyalar, suv resurslarini boshqarish, transport bog‘liqligi, ekologiya va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha BMT bilan hamkorlikda yangi dasturlarni amalga oshirishni taklif qildi.
Davlat rahbari Afg‘oniston, G‘azo va Ukraina atrofidagi vaziyatlarga ham to‘xtalib, tinchlikka chaqirdi hamda yosh avlodga tinchlik va do‘stlik g‘oyalarini singdirish maqsadida “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etishni taklif qildi.