Mirziyoyev Markaziy Osiyo—Germaniya ikkinchi sammitida

Mirziyoyev Markaziy Osiyo—Germaniya ikkinchi sammitida
  • 4
  • 17.09.2024 12:53:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga bordi. Ushbu sammitda yetakchilar Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilib, Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Mirziyoyev sammitda nutq so‘zlab, Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida va O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi bilan Germaniya ko‘p qirrali hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

2025-yilda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi, uning asosiy mavzusi Markaziy Osiyo mintaqasi kelajagiga sarmoya kiritish bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News