
- 7
- 19.07.2024 16:48:00
- 1 daq o'qish
18-iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. 19-iyul kuni ikki davlat rahbarlari birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdilar.
Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Sadir Japarov “Xiva gilamlari" kombinatida bo‘lib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdilar.