- 7
- 31.01.2025 12:34:00
- 1 daq o'qish
30-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Damas va BYD to‘qnashdi. Ma’lum bo‘lishicha, 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro BYD Song EV rusumli avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, YPX inspektori tomonidan jarima maydonchasiga olib ketilayotganda, 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib yuborishi natijasida YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda Damas’ni boshqargan bola olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.