
- 0
- 16.07.2026 12:46:00
- 1 daq o'qish
Samarqandda voyaga yetmagan niqobli shaxs bankka bostirib kirib, xodimlardan pul talab qildi. U yonidagi qora rangli sumkasi ichida portlovchi modda borligini aytib, tahdid qilgan. Ushbu holat yuzasidan zudlik bilan Samarqand viloyati qo‘riqlash xizmati boshqaruv markaziga xabar kelib tushgan. Tezkor harakatlanuvchi guruhlar xodimlari voqea joyiga uch daqiqada yetib borib, dastlab fuqaro bilan masofaviy muloqotga kirishgan tarzda muzokaralar olib borgan. Muzokaralardan so‘ng tartibbuzar o‘z xohishi bilan taslim bo‘lgan va qo‘lga olingan. Hodisa oqibatida fuqarolarga zarar yetmagan.
Aniqlanishicha, voyaga yetmagan fuqaro pullarni oson daromad topish manbayi sifatida tezkor qo‘lga kiritish niyatida bo‘lgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.