
- 0
- 12.09.2025 08:54:00
- 1 daq o'qish
Nepalda ayni damda namoyishlar sababli hukumat keskin bosim ostida. Ijtimoiy tarmoqlarda Nepal vazirlari vertolyot yordamida evakuatsiya qilingani aks etgan video tarqaldi. Ular harbiy vertolyotga osilgan holda namoyishchilardan qochib ketishga harakat qilmoqda.
Namoyishchilar korrupsiya, siyosiy elitaning hashamatli hayoti va ijtimoiy tengsizlikdan norozi. “Z avlod inqilobi” deb nom olgan norozilik namoyishlari ijtimoiy tarmoq va messenjerlarning hukumat tomonidan taqiqlanishi ortidan kelib chiqqan.