
- 4
- 05.10.2026 12:58:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida 14 nafar harbiy halok bo‘lgan mashg‘ulotlardan omon qolgan uch harbiy muddatli xizmatini yakunlab, uyiga qaytdi.
Ulardan biri — 19 yoshli Akjol Temerxan. U fojiadan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan va yaqinda uyiga chiqarilgan. Yana ikki harbiy — Atirau viloyatidan Kuandik Beket va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidan Nikita Udalov ham muddatli xizmatini yakunlab, uyiga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni o‘quv-mashg‘ulotlari vaqtida ob-havoning keskin yomonlashuvi va kuchli shamol oqibatida 17 harbiy Kaspiy dengiziga oqib ketgan. Ulardan 14 nafari halok bo‘lgan, uch nafari omon qolgan.