
- 3
- 25.05.2026 13:48:00
- 1 daq o'qish
Xonanda Mayli Sayrus oʻzining 20 yillik muvaffaqiyatli faoliyatidan soʻng, nihoyat Gollivud shon-shuhrat xiyobonida oʻz yulduziga ega boʻldi. Marosimda u koʻz yoshlarini tiya olmadi va bu lahza uning bolalikdagi orzusi boʻlganini aytdi.
"Bu yulduz shunchaki yutuq emas, bu san’atga bo'lgan cheksiz fidoyilik va sevgining mevasidir," – deya ta’kidladi Mayli.
Ushbu unutilmas kunda uni yaqin doʻstlari Anya Teylor-Joy va dizayner Donatella Versache, shuningdek, oila a’zolari qoʻllab-quvvatlab turishdi. U marosimda oʻziga xos tarzda tikilgan ajoyib Versace libosida namoyon boʻldi.