
- 0
- 28.08.2025 10:25:00
- 1 daq o'qish
1-sentabrdan boshlab Moskva va Moskva viloyatiga ishlash uchun kelgan migrantlar “Amina” ilovasi orqali nazorat qilinadi. Ilova migrantning yashash manzilini kuzatib, ma’lumotni Ichki ishlar vazirligiga yuboradi. Agar 3 ish kunida bu ma’lumotlar kelmasa, migrantga manzilini tasdiqlash yoki o‘zgargan bo‘lsa, yangilash talabi bilan xabar yuboriladi. Qoidalar buzilsa, migrant ro‘yxatdan chiqariladi va ehtimol “nazorat ostidagi shaxslar reyestri”ga kiritilishi mumkin.
Ilovani O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova va Ukrainadan kelgan mehnat migrantlari o‘rnatishi majburiy. Kelajakda u orqali to‘lov qilish va migratsiya markaziga navbat olish ham mumkin bo‘ladi.