Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar kaltaklandi

Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar kaltaklandi
  • 1
  • 16.09.2025 09:56:00
  • 1 daq o'qish

13-sentabr kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida bir guruh yoshlar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusuf Qobuljanov ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan fuqarolarimizga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekiston konsulxonasi Rossiya Ichki ishlar boshqarmasi va Primorsk o‘lkasi prokuraturasiga rasmiy murojaat yubordi. Hodisa “bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi bilan tergov ostida. Konsulxona va Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari voqeani nazoratga olgan.

Avvalroq o‘zbekistonlik migrantga “sen ruslarning qulisan” deb tahqirlangan video ham tarqalgan, bu bo‘yicha ham Rossiya TIVga nota yuborilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News