Microsoftning global uzilish haqidagi bayonoti

Microsoftning global uzilish haqidagi bayonoti
  • 3
  • 19.07.2024 16:12:00
  • 1 daq o'qish

Bugun butun dunyo bo‘ylab Microsoft kompaniyasi tizimida bir qator uzilishlar sodir bo‘ldi. Avia reyslar to‘xtatildi, saytlar ishlamadi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning Azur bulutli hisoblash dasturi va 365 ta ofis dasturlari so‘nggi 24 soat ichida faoliyatdan to‘xtab qolgan. 

Microsoft kompaniyasi ilovalar va xizmatlarga kirishda uzilishlar bo‘lganini, ammo muammolarni bartaraf etish choralari davom etayotganini,  xizmatlarga kirishda yaxshilanishlar borligini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News