
- 4
- 19.06.2024 14:39:00
- 1 daq o'qish
Microsoft dunyodagi eng qimmat kompaniya unvonini protsessor ishlab chiqaruvchi Nvidiaga boy berdi. Nvidia aksiyalari kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu har bir aksiya uchun 135,41 dollarni tashkil qiladi. Shu tariqa kompaniyaning bozor kapitallashuvi 3,328 trillion dollarga yetdi va Microsoftdan o‘zib ketdi. Eng qimmat kompaniyalar uchligiga Apple korporatsiyasi ham kirgan.