
- 1
- 10.09.2025 09:55:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda 34 yoshli ayol 7 yoshli qizini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirishda gumonlanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ruhiy nosog‘lom holatda farzandiga bir necha marta pichoq bilan zarba bergan. Qizaloq voqea joyida halok bo‘lgan. Ayol 2022-yildan buyon psixonevrologiya dispanserida ro‘yxatda turgan. U avval ham Toshkent hayvonot bog‘ida 3 yoshli qizini ayiqqa tashlab yuborgani uchun majburiy davolanishga yuborilgandi. Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol qo‘lga olingan.