❗️ Xitoyda metapnevmovirusi avj olmoqda 

  • 4
  • 06.01.2025 12:28:00
  • 1 daq o'qish

 

Xitoyning ko‘plab hududlarida odam metapnevmovirusi bilan kasallanish holatlari aniqlanib, uning tarqalishi muntazam oshib bormoqda. Virus ayniqsa bolalar orasida avj olgan. Xitoydagi shifoxonalarda niqob taqqan odamlarning surat va videolari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi va mahalliy xabarlarga ko‘ra, HMPVning tarqalish sahnalari dastlabki COVID epidemiyasiga o‘xshaydi. Virus tufayli shifoxonalar bemorlar bilan to‘lgan. Ushbu virus Qozog‘istonda ham tarqalgan bo‘lib, Qozog‘iston rasmiylari 1-oktabrdan beri metapnevmovirus bilan kasallanishning 30 ta holati qayd etilgani, bu klassik viruslardan biri ekanini ma’lum qildi. 

🦠 Metapnevmovirusi yoki HMPV nafas yo‘llari infeksiyasini keltirib chiqaruvchi virus bo‘lib, u oddiy shamollash va grippga o‘xshash belgilarni yuzaga keltiradi va odamdan odamga asosan havo-tomchi yo‘li bilan (virusni yuqtirgan shaxsning yo‘talishi, aksirishi, burun suyuqligi yoki tupugi orqali) yuqadi. 
Kasallik ko‘pincha yengil kechsa-da, ayniqsa chaqaloqlar, keksalar va immun tizimi zaiflashgan kishilarda pnevmoniya kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News