
- 9
- 05.09.2024 16:38:00
- 1 daq o'qish
O‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi. Messi ham, Ronaldu ham 21 yildan beri birinchi marta bu ro‘yxatga kiritilmadi.
Nomzodlar ro'yxatiga jami 30 nafar futbolchi kiritilgan. Unda Jude Bellingem, Federiko Valverde, Vinisius Junior, Daniel Karvaxal, Antonio Ryudiger kabi futbolchilar o‘rin olgan.
Mukofot 28-oktabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda topshiriladi.