
- 14
- 31.10.2024 18:04:00
- 1 daq o'qish
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyeva ishi yakunlandi. U juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topildi. Jumladan, Navoiy shahar hokimi nomidan foydalanib, tadbirkorning ko‘p miqdordagi pulini qo‘lga kiritgan hamda o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. Sud Merey Omonboyeva ayol kishi ekani, muqaddam sudlanmaganligi, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanayotganligi, “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangani, yetkazilgan zarar qoplanganini inobatga olib, uni jazodan ozod qildi.