Menemen

Menemen
  • 16
  • 12.09.2024 13:32:00
  • 1 daq o'qish

Turk oshxonasining mashhur taomlaridan biri Menemen tayyorlaymiz. Siz ham tayyorlab yaqinlaringizni xursand qiling😍

🧀Masalliqlar:

Pomidor;
Pishloq;
Bulg‘or qalampiri;
Tuxum;
Sariyog‘;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni masalliqlarni mayda qilib to‘g‘rab olishdan boshlaymiz.
Tovaga birinchi sariyog‘ solib, eritib olamiz.
Keyin bulg‘or qalampiri, pomidor, tuxum solib qovurib olamiz.
Oxirida pishloq solib dimlab qo‘yamiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News