
- 5
- 16.03.2024 16:11:00
- 1 daq o'qish
Joriy yildan boshlab, Angliya maktablari futbol assotsiatsiyasi tajribasi asosida, 8-11-sinf oʻquvchilari orasidan maktab futbol yetakchisi tanlab olinadi. 12-15 yoshlilar oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” hamda 16-30 yosh toifalari orasida uch bosqichli DXX Kubogi musobaqalarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.
Bular mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash va qoʻllab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirishga xizmat qiladi.