O‘zbekiston va Rossiyada xalqaro terrorchi tashkilot a’zolari qo‘lga olindi

O‘zbekiston va Rossiyada xalqaro terrorchi tashkilot a’zolari qo‘lga olindi
  • 0
  • 09.08.2025 11:01:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston DXX va Rossiya FXX hamkorligida o‘tkazilgan operatsiya davomida xalqaro terrorchi tashkilot safiga migrantlarni yollab kelgan 9 kishi qo‘lga olindi: ularning 7 nafari Rossiyada, 2 nafari esa O‘zbekistonda ushlangan.

DXX ma’lumotiga ko‘ra, ular diniy ekstremistik oqim ta’sirida bo‘lib, “umumjahon xalifaligi” g‘oyalarini targ‘ib qilgan, yashirin yig‘ilishlar o‘tkazgan va Telegram orqali yangi a’zolarni jalb etgan.

Qashqadaryoda qo‘lga olingan ikki shaxsning uyidan ekstremistik adabiyotlar, telefonlar, flesh-xotiralar va xorijiy sim karta daliliy ashyolar sifatida olindi.

Hozirda barcha gumondorlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News