Surxondaryodagi dalada qovun pishdi

Surxondaryodagi dalada qovun pishdi
  • 4
  • 11.05.2023 08:31:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi dalada qovun va tarvuz pishdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mirishkorlar anorzor qatori orasida 10 gektar “Dakara” navli erta pishar qovun hamda 10 gektar “Do‘lbe” navli tarvuz yetishtirgan.

Ushbu navdagi qovunlarni urug‘lash ishlari yanvar oyining 3 sanasida boshlangan bo‘lib, 20-fevraldan 4-mart oyiga qadar yerga o‘tkazish ishlari olib borilgan. Yerning 1 gektaridan 30 tonna qovun, 60 tonnachaga tarvuz hosili olish kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News