“Meksika” salati 

“Meksika” salati 
  • 4
  • 27.03.2023 14:43:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:

500 gr konserva Meksika loviyasi

2 dona kichkina bulgʻor qalampiri

1 stakan konserva joʻxori

4 dona tuzlangan bodring

1/3 bogʻ shivit

1/3 bogʻ petrushka

½ dona limon suvi

½ piyola zaytun yogʻi

1,5 choy qoshiq tuz

Meksika loviyasini koʻproq suvda yuvib, chuqurroq kosaga soling.

Kichkina kubik shaklda togʻralgan bulgʻor qalampirini qoʻshing. Ustiga joʻxorini soling. Tuzlangan bodringni mayda-mayda qilib toʻgʻrab, uni ham soling.

Oxirida esa maydalangan piyoz, shivit va petrushkani soling.

Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring.

Orqasidan zaytun yogʻi, limon suvi va tuzni bir kosada aralashtirib bodringga qoʻshib yana aralashtiring.

Kosaga “Meksika” loviyasi salatini soling. Ta’bga koʻra, koʻkatlar bilan bezating. Yoqimli ishtaha!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News