
- 7
- 19.07.2024 16:39:00
- 1 daq o'qish
PSJ haligacha Mbappening apreldan iyungacha bo‘lgan oylik maoshini hamda fevral oyidagi bonuslarni to‘lamagan. Umumiy qarz 80 million yevro. Klubning fikricha, Kilian ketishi oldidan tegishli summaning bir qismidan voz kechishga rozi bo‘lgan, biroq kelishuv yozma ravishda rasmiylashtirilmagan.
Mbappening advokatlari PSJga yakuniy bildirishnoma yuborishgan. Klub esa hujumchining talablarini qondirish niyatida emas. Ehtimol, tomonlar bu masalani sud orqali hal qilishlari kerakdir?