Mazali shirinlik retsepti😋

Mazali shirinlik retsepti😋
  • 17
  • 12.11.2026 10:27:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
4 dona tuxum
2 piyola shakar
2 piyola un
1 choy qoshiq razrixlitel

Kremi uchun:
200 gr sariyog‘
270 gr quyultirilgan sut

Ustki qismi uchun:
50 gr oq shokolad
biroz karamel

Tayyorlanishi:
Biskvit uchun kerakli masalliqlar bir idishga solinib, yaxshilab koʻpirtiriladi. Tayyor boʻlgan biskvit 180 darajada 15 daqiqa pishiriladi. Kremi uchun xona haroratida erigan sariyogʻ va quyultirilgan sut koʻpirtiriladi. Keyin biskvit teng ikkiga boʻlinib, sut bilan namlanadi va ustidan krem surtiladi. So‘ng, ustki qismiga suv bug‘ida eritilgan oq shokoladni surtib chiqiladi. Tayyor boʻlgan tort 1–2 soat davomida muzlatkichda saqlanib, so‘ng dasturxonga tortiladi!

Yoqimli ishtaha😘😘
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News