- 0
- 14.06.2025 09:29:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning mahalliy amaldorlar bilan suhbat vaqtida xususiy bog‘chalarni “odami bilan ko‘mib tashlaysan” degan gaplari keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Viloyat hokimligi izohiga ko‘ra, video 22-may kuni Buxoro shahridagi 2-sonli davlat bog‘chasidagi qurilish-ta’mirlash jarayonlari o‘rganilgan paytda olingan. Hokim bog‘chaga noqonuniy ochilgan kirish-chiqish yo‘lagi va xavfsizlik qoidalari buzilganini tanqid qilib, uni zudlik bilan bartaraf etishni topshirgan.