O'zbekistonda 2-10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o'tkaziladi

O'zbekistonda 2-10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o'tkaziladi
  • 4
  • 03.10.2023 09:49:00
  • 1 daq o'qish

Har yili 2-10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolash samaradorligini baholash uchun davolashdan oldin va keyin laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Degelmintizatsiya tadbirlari Prezidentning “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son va “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 26 iyuldagi PQ-5198-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash hamda bolalarni gelmintozlardan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari samarasini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.

2023-yil oxirigacha (oktyabr-noyabr oylarida) 2-10 yoshli bolalar uchun degelmintizatsiyaning navbatdagi bosqichini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu muolaja oldidan respublikaning barcha hududlarida 2023-yil sentyabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 6-sentyabrdagi 02449-sonli ko‘rsatma xati asosida davlat maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini va maktablar 1-4 sinf o‘quvchilarini gelmintozlarga laboratoriya tekshiruvlari bilan qamrab olish maqsadidi laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash maqsadida degelmintizatsiya tadbirlaridan ikki haftadan so‘ng xuddi shu kontingentlar orasida laboratoriya tekshiruvlari qayta amalga oshiriladi, ya’ni  degelmintizatsiyadan oldin va keyin bolalarda ichak gelmintozlari bilan kasallanish darajasi o‘rganiladi.

O‘tgan yillarda o‘tkazilgan bunday tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatdi, ya’ni  gelmintlar bilan kasallanish 3-4 martaga kamaydi.

Manba: Uzreport.news

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News