Mario Gomes Petr Chexga qarshi o‘yin haqidagi xotiralarini yodga oldi

Mario Gomes Petr Chexga qarshi o‘yin haqidagi xotiralarini yodga oldi
  • 6
  • 24.04.2025 13:22:00
  • 1 daq o'qish

Mario Gomes Petr Chexga qarshi o‘yin haqidagi xotiralarini yodga oldi: 

“Penalti tepish uchun to‘pni o‘rnatdim va darvozabonga qaradim. Petr Chex - haqiqiy monstr. Ortga o‘girilganimda, qayerga tepishim kerakligini aniq bilardim. Falon burchakka kuchli zarba beraman, qaytara olmaydi. Ammo qayrilib, to‘pga yaqinlashayotganimda, “yo‘q, qaytaradi” degan xadik o‘tdi va fikrimni o‘zgartirdim. Boshqa burchakka tepib, gol urdim.

O‘yin tugagach, meni doping-testga chaqirishdi. Kirsam, xonada Chex ham o‘tirgan ekan. Biroz noqulay bo‘lib tursam, u menga qarab:

- Nega oxirida qaroringni o‘zgartirding, - dedi.
- Tushunmadim, nimani?
- Sen boshqa burchakka tepmoqchi edingku?

U faqat xayolimdan kechgan o‘ylarni aniq tasvirladi. Hayron qoldim. O‘zimni tutishimga, harakatlarimga qarab hammasini bilgandi. Uning qanaqa darvozabon ekanini o‘shanda anglab yetdim!”

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News