
- 18
- 25.10.2024 16:58:00
- 1 daq o'qish
Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Saudiya Arabistoni bosh murabbiyligidan chetlatildi. Saudiya futbol federatsiyasi Manchini bilan amaldagi shartnomani bekor qilgan. Murabbiy 2023-yilning avgustidan buyon terma jamoani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida Saudiya termasi 20 ta o‘yin o‘tkazib, 8 tasida g‘alaba qozongan va 5 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan.
Manchini shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingani uchun 25 dan 30 million yevrogacha tovon puli belgilagan, bu uning Saudiya Arabistonidagi bir yillik maoshiga teng.