
- 1
- 18.08.2025 08:28:00
- 1 daq o'qish
Kecha, ayrim kuchli beshlik chempionatlarida 1-turning yakuniy o‘yinlari o‘tkazildi.
Angliya Premyer Ligasida “Chelsi” kutilmaganda o‘z uyida “Kristal Pelas” bilan durang o‘ynadi. Myu esa “Arsenal”ni qabul qilib, ancha yaxshi o‘ynaganiga qaramay, kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
La Ligada esa Simeone shogirdlari Kataloniyaga safar qilib, “Espanyol”ga 2:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Gollarga boy o‘tgan “Atletik” – “Sevilya” uchrashuvida yakuniy hisob mezbonlar foydasiga 3:2.
🏴 APL. 1-tur
“Chelsi” — “Kristal Pelas” 0:0
“Nottinghem Forest” — “Brentford” 3:1
MYu — “Arsenal” 0:1
🇪🇸 La Liga. 1-tur
“Selta” — “Xetafe” 0:2
“Atletik” — “Sevilya” 3:2
“Espanyol” — “Atletiko” 2:1
🇫🇷 Liga 1. 1-tur
“Brest” — “Lill” 3:3
“Nant” — PSJ 0:1