AQShda 30 yil nohaq qamalgan erkak oqlandi

AQShda 30 yil nohaq qamalgan erkak oqlandi
  • 4
  • 30.11.2024 16:00:00
  • 1 daq o'qish

AQShda 64 yoshli Maykl Sallivan ariyb 30 yil nohaq qamoqda o‘tirgandan so‘ng 13 million dollar miqdorida tovon puliga loyiq deb topildi. 

1986-yilda Uilfred Makgrat ismli kishini o‘marish va o‘ldirishda ayblanib, umrbod qamoqqa hukm qilingan va joriy yil noyabr oyida aybsiz deb topildi. Sud hay’ati politsiyadagi kimyogar sud jarayonida yolg‘on ko‘rsatma berganini aniqladi. Ayblov tomonining Sallivan kiyimida qon bor edi, degan da’vosi qayta o‘tkazilgan testlar natijasida rad etildi.
Sud sobiq mahbusga 13 million dollar tovon puli to‘lashga qaror qildi, ammo shtat qonunlariga ko‘ra, bunday holatlarda maksimal kompensatsiya miqdori 1 million dollarni tashkil etadi. Sallivan qamoqda o‘tkazgan vaqtlari davomida onasi va to‘rt aka-uka, opa-singillaridan ayrilganini, sevgilisi tashlab ketganini, o‘zi esa boshqa mahbuslar tomonidan bir necha bor hujumga uchraganini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News