
- 1
- 16.07.2025 16:25:00
- 1 daq o'qish
Joriy yil mart oyida Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xalqaro aeroporti ichki terminalida aeroport xodimasini sochidan tortib, bo‘yniga pichoq tiragan va ryukzakida bomba borligini aytgan Mashrapbek Baratovning ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi.
🔒Turksib tuman sudi uni 10 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bundan tashqari, unga nisbatan 2024-yil 26-dekabr kuni chiqarilgan avvalgi hukm bo‘yicha hali o‘talmagan ozodlikni cheklash jazosi ham qo‘shildi. Natijada, yakuniy jazo muddati 11 yilga ozodlikdan mahrum etish tarzida belgilandi.