
- 0
- 30.07.2025 15:10:00
- 1 daq o'qish
Dog‘istonda bir erkak internetda shov-shuv ko‘tarish maqsadida eshakni ziplaynda uchirdi. Holat aks etgan video 1,5 million marotaba tomosha qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda kuchli norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Ko‘pchilik bu hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat deb baholab, erkakning harakatini qoraladi. Mahalliy faollar va foydalanuvchilar unga nisbatan chora ko‘rilishini talab qilmoqda.