Cho‘kayotgan qizlarni qutqarib, halok bo‘lgan erkak “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Cho‘kayotgan qizlarni qutqarib, halok bo‘lgan erkak “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
  • 0
  • 04.06.2025 09:04:00
  • 1 daq o'qish

 

Toshkentning Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan qizlarni qutqargan erkakning o‘zi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik. Bugun prezident ikkita qizni qutqaraman deb, o‘z jonini fido qilgan Abdumannop Samiqovning oilasiga hamdardlik bildirib, marhumni  “Jasorat” medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.Shuningdek, qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Prezident matbuot kotibi bu insoniy jasorat mamlakatda inson qadrini ulug‘lashning yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News