Tushida xiyonat ko‘rgan erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi

Tushida xiyonat ko‘rgan erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi
  • 0
  • 21.04.2025 15:08:00
  • 1 daq o'qish

Farg‘onada erkak tushi sabab uxlab yotgan ayolini 13 marta pichoqlab o‘ldirdi. U tushida ayoli xiyonat qilganini ko‘rib uyg‘ongan va yostig‘i ostidagi pichoq bilan uch farzandining onasini pichoqlagan. Harkatlari xato ekanini anglagach erkak tibbiy yordamga o‘zi murojaat qilgan, biroq, ayolning joni shifokorlar kelgunicha uzilgan. Erkak avvadan ayoli bilan asossiz gumonlari sabab janjallashib kelgan va yostig‘i tagida pichoq olib yotishni odat qilgan. 
Sud hukmi bilan erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News