
- 0
- 20.05.2025 07:52:00
- 1 daq o'qish
Toshkentning Yunusobod tumanida ruhiy kasal erkak ichki ichlar xodimini pichoqladi. Holat 19-may kuni “Yunusobod dehqon bozori” hududida sodir bo‘lgan. Shu hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi yer osti tushish yo‘li oldida o‘tib ketayotgan fuqaro o‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgani sababli, uni to‘xtatib tekshirayotgan vaqtida, fuqaro yonida bo‘lgan pichoq bilan to‘satdan xodimga hujum qilib, bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan. Xodim tezkorlik bilan kasalxonaga yetkazilgan va hayoti saqlab qolingan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, u 20 yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.