
- 0
- 08.07.2025 16:18:00
- 1 daq o'qish
6-iyul kuni soat 22:30 da Chilonzor tumanidagi Seoul Mun sayilgohida 28 yoshli erkak bir notanish qizning orqasiga teginib, sha’ni va qadriyatini tahqirlagan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman sudida ish ko‘rib chiqildi. Erkak aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.